Maktab Formalarini Majburiy Kiydirishni To'xtatish Uchun 3 Sabab !
Bir qancha muddat
avval yangi maktab formalarini sinovdan o’tkazilayotgani haqida yangiliklarni hammamiz
eshitgan bo’lsak kerak. Eshitmaganlar uchun eslatib o’tay bo’lmasa, o’tgan
yilning boshlarida yagona maktab formasini joriy qilish tashabbusi Pzidentimiz
Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan edi! Xozirgi kunlarda esa, ana shu yagona
formani qanday dizaynda bo’lishini belgilash maqsadida musobaqa o’tkazilib deyarli,
yakunlanyapti! Shaxsan men uchun formani qanday dizaynda bo’lishi unchalik
muhim emas. Asosiysi, arzon, qulay va 2 yil kiyish mumkin bo’lishidadir. Iloji
bo’lsa maktablarda forma kiyish majburiyatini olib tashlashsa ham, mayli edi. Nega
deysizmi? Chunki xozir sizlarga forma kiyish maburiyatini olib tashlash uchun 3
ta sababni tayyorlab qo’ydim. Demak boshladik!
- Pulni Tejaymiz ( anchagina )
Avvalambor, maktab formalarini olib tashlash orqali ko’plab oilalarning 2 oyda yaroqsiz
xolatga keluvchi ko’ylak yoki shimlarni falon pulga sotib olish uchun qiyanalayotganlarga
yordam bergan bo’lamiz. Oddiy xisob kitob qilib ko’raylik, bitta o’quvchi uchun
bir yillik formani sotib olish uchun qancha pul kerak bo’ladi? Ancha! Shaxsan men
kollejda o’qiyman, lekin, maktabda o’qib yurgan kezlarimda kamida 3ta ko’ylagim
40 ming so’mdan, 2 ta shimim 75 ming so’mdan, qishki va yozgi oyoq kiyimlarim 200
ming so’m, galstuk va hokozo mayda-chuydalar bilan 500 ming so’mdan oshiqqa tushib
ketardi! ( taxminan xisob qildim, anig’i esimda
yo’q, to’g’rilik darajasi 80% ) O’ylab ko’rsam, xuddi shu pulga taxminan va
o’rtacha narxda 41 ta baadiy kitob yoki 25-30 ta ilmiy-ommabop kitob sotib olib
butun boshli kichik kutubxonachangizni yaratib qo’yishingiz mumkin-a!
- Noqulay
Xozir ko'pchilikni boshidan " O'sha 500 mingga olgan formmasi-yu, oyoq kiyimini boshqa paytlar ham kiyadi. Faqat maktabga borgandagina tufli kiymaydi-ku" degan savol berishlari mumkin. Bunga ham javobim tayyor! Formani noqulay deb atashimga yagona sabab-uni issiq kunlarda kiyish issiq, sovuq kunlarda kiyish sovuq! Men doim aprel yoki sentabr, oktabr oylarida mayka va ko'ylak kiyib issiqdan kallamga hech nima kirmasdi! Qishda esa aksi bo'lib, bu formalar sovuqlik qilib qolar edi. Agar biz kiyib yurgan libos bizga qulay bo'lmasa uni kiyishdan nima Ma'no?
3. Ta'limga Nima a'loqasi bor?
Xozirgi kunda chiroyli kiyingan insonlar emas ilmli va saviyali odamlar dunyoni "boshqarayotgan" bo'lsa, axir. Kuzatuvlar natijasida shuni aniqladimki, nodavlat o'quv muassasalaridayam forma joriy etilmaganini sababi juda oddiy - Bu yerga bolalar kimdandur ajrab turushchun emas ta'lim olish uchun keladi! Asosiy maqsad ta'lim olish - forma kabi juda ko'p vaqtni oluvchi omillardan yiroqman men ham xuddi Sukerberg aka singari )))
Albatta yangi va yagona joriy etilajak maktab formasi pishiq va qulay bo'lishini va'da qilishyapti. Baribir, har kuni ertalab turib yarim soat vaqtni maktabga kiyinish uchun sarflagandan ko'ra 50 bet kitob yoki sport bilan shug'ullanish foydaliroq va issiq yoki yengilgina o'zingizni kiyimlarinigizni kiyib maktabga borib kelish anchagina zavqliroq va foydaliroq deb o'ylemanm!
Dolzarb.uz asoschisi
Sadriddin Abduraximov
Comments
Post a Comment