Posts

Showing posts from April, 2018

Maktab Formalarini Majburiy Kiydirishni To'xtatish Uchun 3 Sabab !

Bir qancha muddat avval yangi maktab formalarini sinovdan o’tkazilayotgani haqida yangiliklarni hammamiz eshitgan bo’lsak kerak. Eshitmaganlar uchun eslatib o’tay bo’lmasa, o’tgan yilning boshlarida yagona maktab formasini joriy qilish tashabbusi Pzidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan edi! Xozirgi kunlarda esa, ana shu yagona formani qanday dizaynda bo’lishini belgilash maqsadida musobaqa o’tkazilib deyarli, yakunlanyapti! Shaxsan men uchun formani qanday dizaynda bo’lishi unchalik muhim emas. Asosiysi, arzon, qulay va 2 yil kiyish mumkin bo’lishidadir. Iloji bo’lsa maktablarda forma kiyish majburiyatini olib tashlashsa ham, mayli edi. Nega deysizmi? Chunki xozir sizlarga forma kiyish maburiyatini olib tashlash uchun 3 ta sababni tayyorlab qo’ydim. Demak boshladik! Pulni Tejaymiz ( anchagina )   Avvalambor, maktab formalarini olib tashlash orqali ko’plab oilalarning 2 oyda yaroqsiz xolatga keluvchi ko’ylak yoki shimlarni falon pulga sotib olish uchun qiyanalay